Maqola

121 07/09/2024

Migrant.uz tahririyatiga murojaat qilgan Sankt-Peterburgdagi muhojirlarning aytishicha, patent olish uchun hujjatlarni topshirish vaqtida, ularni rus tili imtihonidan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikatlari bor bo‘lishiga qaramay, qaytadan imtihondan o‘tishga majburlashmoqda.

Har safar qaytadan imtihon pullik. Puli ham oz emas. O‘zbekistonliklar qayta testdan o‘tishga 3700 rubldan berishayotganini, biroq agar Migratsiya markazi xodimlarida shubha uyg’onsa, yana imtihondan o’tishlari kerakligi haqida aytishmoqda.

– “ПВС” xodimlari migrantlarning til bilish darajasiga shubha bildirib, o‘z xohishlariga ko‘ra, kimning tilni bilishi yoki bilmasligini hal qilishmoqda, deydi Migrant.uz suhbatdoshi

Bunday holatlar endi kam uchramaydi. Bunga sabab 30-iyundan boshlab kuchga kirgan Rossiya Federal ta’lim va fan nazorat xizmatining 2024-yil 15-maydagi 1025-sonli buyrug‘idir.

Buyruqning mohiyati shundaki, migrantlarga patent, «ВНЖ», «РВП» olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda, davlat organlari hodimlari prokuraturaga rus tilini yaxshi bilmaydigan migrantlar haqida xabar berishi mumkin. Agar bir chorakda 3 yoki undan ko‘p holat haqida xabar berilsa, prokuratura sertifikat bergan test markazini rejadan tashqari tekshirishni boshlashi mumkin.

Buyruq kuchga kirgunga qadar sertifikat olgan chet el fuqarolariga kelsak ular qayta testdan o‘tkazilishi mumkin. Buning uchun patent, «РВП», «ВНЖ» olayotganda davlat organlari migrantning rus tilini yetarlicha yaxshi bilmasligiga shubha qilishi kifoya.

Biroq sertifikatlarning o‘zida uning amal qilish muddati o‘zgarishsiz qolganini alohida ta’kidlash kerak. Sertifikat aslida olingandan keyin kamida bir yil, hatto besh yil amal qiladi. Bu muddat sertifikatning o’zida ko’rsatilgan bo’ladi. Lekin endi esa sertifikat shuncha vaqt hech kim sizni til bilishingizga shubha qilmasligi kerakligini anglatmaydi. Ya’ni hech narsani kafolatlamaydi. Sertifikatning borligi qayta imtihondan ham ozod qilmaydi. Umuman olganda, rus tili sertifikatlari endi “bir martalik” bo‘lib qoldi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya