
Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq migratsiya qaydi, ya’ni registratsiya, davlat organlarini xabardor qilishni anglatadi va har bir uy yoki joy egasining majburiyati sanaladi. Chet el fuqarosiga joy bergan uy egalari bu haqda Rossiya ichki ishlar organlarini o’z vaqtida xabardor qilishi kerak, deb xabar bermoqda “МВД России” o‘zining rasmiy sahifasida.
Rossiya IIV o‘z xabarida tahlil qilib o‘tgan ushbu jarayon bilan bog‘liq yolg‘on va noto‘g‘ri tushunchalarni keltirib o‘tamiz.
Birinchi yolg‘on: migrantning registratsiyasi – bu migrantning muammosi. Uyda kim yashayotgani haqida, ayniqsa chet ellik yashayotgani haqida huquq-tartibot organlarini xabardor qilmaslik yaxshiroq.
Aslida esa migrantni migratsiya qaydiga, ya’ni registratsiyaga qo’yish – bu mulk egasining qonuniy majburiyati. Agar mulk egasi turar joyni ijaraga bersa, lekin yashash joyi bo’yicha migrantlarni registratsiyaga qo’yishdan bosh tortsa ma’muriy huquqbuzarlik sodir etayotgan bo‘ladi. Bu huquqbuzarlik uchun mulk egasiga 4 ming rublgacha jarima solinadi.
Ikkinchi yolg‘on: Ijarachi migrant boshqa manzil bo‘yicha registratsiyasi borligini aytdi.
Birinchi yolg‘on tahlilida aytilganidek, muhojirlarga ijaraga joy bergan mulk egasi ularni registratsiya qilishi shart.
Uchinchi yolg‘on: «Registratsiyaga qo‘ysam uydaga egalik qilish huquqini bergan bo‘laman”
Migratsiya qaydining ikki turi mavjud: yashash joyi bo’yicha vaqtinchalik qayddan o‘tkazish va yashash joyi bo’yicha doimiy ro’yxatdan o’tish. Har qanday holatda ham muhojirlar uy egasining ruxsati va ishtirokisiz ijarada turgan uylarida o‘z farzandlaridan tashqari hech kimni registratsiya qila olmaydi. Hattoki farzandlarini registratsiya qilish uchun bolalar ijarachi muhojirlar bilan birga yashashlari kerak. Ijarachilarda ko’chmas mulkka egalik huquqi yo‘q. Bundan tashqari, uy egasi o‘zi istagan vaqtda IIBga ijara shartnomasining bekor qilingani haqida xabar berishi va chet ellikni:
– yashash joyi bo’yicha ro’yxatdan o’chirib tashlash uchun ariza to’ldirib;
– registratsiyadan chiqarishi mumkin.
To‘rtinchi yolg‘on: Migrantlarga registratsiya qilib berilsa turar joy egasining kommunal to’lovlari oshib ketadi
Aslida esa migrantlarga registratsiya qilib berish uy egasi uchun hech qanday qo’shimcha xarajatlarni keltirib chiqarmaydi.
Beshinchi yolg‘on: Registratsiya qilib berish juda qiyin va ko’p vaqt oladi.
Aslida esa registratsiya qilib berishning eng oson usuli – Davlat xizmatlari portali orqali onlayn ariza yuborishdir. Buning uchun uydan chiqish ham shart emas.
Shuningdek,
– Rossiya IIV hududiy bo‘limiga yoki
– « МФЦ Мои документы» yoki
– “ПВС” ga filialiga shaxsan murojaat qilish mumkin.