Maqola

698 12/02/2025

Bu haqda Tatariston Respublikasi Davlat Kengashi raisi Farid Muhametshin To‘qay tumanidagi hisobot sessiyasida ma’lum qildi. Raisning so‘zlariga ko‘ra, Tatariston migrantlarning bolalarini maktabga qabul qilishda to‘xtamasligi bo‘yicha pozitsiyasi tufayli Moskva bilan «kelishmovchilikka borgani», ya’ni konfrontatsiyaga kirgani ma’lum qilindi.

«Migrantlar masalasi bor. Ha, ota-onalar kelishadi, zavod-fabrikalarga ishga joylashishadi, ishlay boshlashadi, rus tilini – muloqot darajasida bilishadi. Keyin ularning oilasi, bolalari va hokazolar kelishadi, ular rus tilini umuman bilishmaydi, lekin maktabga borish kerak. Hozir bu muammoni federal markaz ham ko‘rib chiqmoqda. Bu masalada ular bilan biroz kelishmovchilikka bordik. Agar muhojirlarning bolalarini qabul qilmay, ko‘chada qoldirsak, ularni bezori yoshlar va boshqalar yo‘ldan ozdirishi mumkin. Bu masalani yaxshilab o‘ylab ko‘ramiz», – deydi u.

Muhametshin Таtarstonda hozirda 110 ming migrant borligini ta’kidladi. «Migrantlar ko‘p, ularsiz biz eplay olmaymiz, iqtisodiyot ish o‘rinlari band bo‘lishini talab qiladi», – degan u.

Shu bilan birga, Tatariston korxonalari ishchilarga qattiq muhtoj ekani, ammo tug‘ilish darajasi Rossiyada ham, mintaqalarda ham kamaygani ta’kidlanmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya