Maqola

489 29/08/2025

2025-yilda O‘zbekistonga mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari o‘sishda davom etdi. 2025-yilning ikkinchi choragida (aprel-iyun) mamlakatga qariyb 4,8 milliard dollar tushdi, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 21,4 foizga ko‘pdir.

Agar 2025-yilning birinchi yarmini hisobga oladigan bo‘lsak, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tkazmalar hajmi qariyb 8,2 milliard dollarga yetgan, bu o‘tgan yilga nisbatan taxminan 27 foizga o‘sishga to‘g‘ri keladi.

Rossiya yana asosiy manba bo’lib qolmoqda: 6,4 milliard dollar yoki ushbu davrdagi barcha transferlarning 78 foizi.

Boltiqboʻyi davlatlaridan tushumlarning sezilarli oʻsishi, ayniqsa, ikkinchi chorakda qayd etildi, bunda oʻsish 2024-yilning shu davriga nisbatan 65,6 foizni tashkil etdi.

Markaziy bank o‘sishni valyuta kurslarining barqarorligi, mehnat muhojirlari ish haqining oshishi, migrantlar ishlayotgan mamlakatlardagi iqtisodiy faollik, migratsiya geografiyasining kengayishi kabi omillar bilan izohlamoqda.

 

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya