
Davlat dumasida chet elga pul yuborishga yangi soliq joriy etish taklif qilindi. «Spravedlivaya Rossiya» partiyasi raisi Sergey Mironov chet el fuqarolari Rossiyadan boshqa davlatlarga amalga oshiradigan har bir bank oʻtkazmasi summasidan 3 foiz olish gʻoyasi bilan chiqdi. U buni 2026-yil davomida migrantlar vatanlariga 17 milliard rubldan ortiq pul oʻtkazib boʻlganligi va bu pullardan Rossiya byudjetiga soliq toʻlanmaganligi bilan izohladi.
Siyosatchining iddaosicha, 3 foiz miqdoridagi yangi yigʻim mamlakat byudjetiga 45 milliard rublgacha qoʻshimcha daromad keltirishi mumkin. Sergey Mironov ushbu qadam vaziyatni muvozanatlashtirishga yordam beradi, chunki hozirgi vaqtda chet ellik ishchilar ishlab topadigan pullarning katta qismi xorijga yuborilayotganda soliqqa tortilmaydi, degan fikrda.
Shu bilan birga, Rossiya prezidenti maslahatchisi Yelena Yampolskaya Rossiya oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirayotgan chet el fuqarolari uchun rus tilidan yagona kirish imtihoni tayyorlanayotgani haqida gapirib berdi. Hozirda har bir universitet kiruvchilar uchun sinovlarni mustaqil ravishda oʻtkazmoqda, biroq kelajakda qoidalarni hamma uchun bir xil qilish rejalashtirilmoqda va ushbu oʻzgarishlar loyihasi allaqachon tayyor.
2026-yilda Rossiyaning deyarli barcha mintaqalarida chet el fuqarolari uchun mehnat patenti narxi oshdi, mahalliy byudjetning uni toʻlashdan olgan daromadlari esa 1 milliard rubldan ortib ketdi. Hozirda hududda migrantlar oqimini nazorat qilish qoidalari ustida faol ish olib borilmoqda.