
Ta’lim va fan vazirligining «РИА Новости» agentligiga ma’lum qilishicha, 2025-yilning to’rtinchi choragida migrant ishchilarning taxminan 35 foizi rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari imtihonlaridan birinchi urinishda o’ta olmagan.
Vazirlikning aniqlik kiritishicha, jami 201 600 kishi imtihon topshirgan, ulardan 87,9 foizi o’tgan, biroq 35,5 foizi birinchi urinishda o’ta olmagan.
Ta’lim va fan vazirligining aniqlik kiritishicha, oktyabr va dekabr oylari oralig’ida yana 11 700 nafar chet el fuqarosi yashash uchun ruxsatnomaga imtihon topshirgan. Ulardan 82,3 foizi o’tgan. Yana 1200 kishi vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomaga imtihon topshirib, ularning 70,6 foizi muvaffaqiyatli topshirgan.