Maqola

834 12/11/2024

Rossiya parlamenti quyi palatasi raisi Vyacheslav Volodin hukumatga mehnat migratsiyasi sohasida va migrantlar oilalariga nisbatan qo‘shimcha o‘zgarishlar taklif qilinganini e’lon qildi. Taklif qilinayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, mehnat muhojirlarining rus tilini bilmaydigan farzandlari Rossiya maktablariga qabul qilinmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu loyiha 20-noyabrdagi majlisda ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

«Migrantlar bolalarini maktabga qabul qilishda ularning Rossiya hududida qonuniy bo‘lishini tekshirish, rus tilini qanchalik bilishi bo‘yicha majburiy testdan o‘tkazish, shuningdek, rus tilini bilishi tasdiqlanmaguncha umumiy ta’lim muassasalariga qabul qilishni taqiqlashni taklif qilmoqdamiz. Bu haqda tegishli qonun loyihasi kiritiladi», — degan Volodin.

Bunday tashabbus Rossiya Konstitutsiyasiga qanchalik muvofiqligi aniqlashtirilmagan. Bundan tashqari, rus tilini qaysidir sabablarga ko‘ra hali o‘rganmagan bolalar maktablar o‘rniga qayerda va qanday dasturlar asosida ta’lim olishi kerakligiga ham aniqlik kiritilmagan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya