Maqola

271 27/06/2026

Rossiyada «Chet el fuqarosining raqamli profili» deb nomlangan yagona elektron tizim yaratilmoqda, u iyuldan boshlab toʻliq ishlay boshlaydi. Mamlakat hukumati ushbu bazaga aynan qanday ma’lumotlar kiritilishini hal qildi. Migrantlar haqidagi ma’lumotlarni bir vaqtning oʻzida bir nechta davlat idoralariga: МВД, Минсельхоз, Минцифры, ФСБ, МИД, МЧС, Роскадастр, ФНС, Минпросвещения, Рособрнадзор, Роспотребнадзор, Банк России va ОМС fondiga toʻplab yuboriladi. Bu haqda hukumat hujjatiga tayanib TASS xabar bermoqda.

Raqamli profilga ismi, jinsi, yoshi, sudlanganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, hisobga turish, haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi va koʻchmas mulkka egalik qilish, ishlash uchun ruxsatnomalar va bank hisobvaraqlari kabi asosiy ma’lumotlar yoziladi. Unga imtihon natijalari, shuningdek, kurs va diplom ishlari mavzulari ham qoʻshiladi.

Hukumat ushbu ma’lumotlarni ishonchli himoya qilishni talab qilmoqda. Idoralar ularni «MIR» davlat migratsiya va roʻyxatga olish hisobi tizimi orqali almashadi. Har bir profil «soddalashtirilgan», «tasdiqlangan» yoki «kuchaytirilgan» deb nomlangan statuslardan birini oladi. Eng yuqori «kuchaytirilgan» status chet el fuqarosi daktiloskopiya jarayonidan oʻtganidan keyingina beriladi. Ma’lumotlar bazasidan davlat organlari va ayrim tashkilotlar foydalanishi mumkin boʻladi, ammo bu faqat qonun tomonidan ruxsat etilgan hollardagina amalga oshiriladi. Shu bilan birga, har bir chet el fuqarosi «Gosuslug» portaliga mustaqil ravishda kirib, oʻzi haqidagi barcha ma’lumotlarni koʻrishi mumkin boʻladi.

Ushbu loyiha Prezident Vladimir Putinning toʻgʻridan-toʻgʻri topshirigʻiga binoan amalga oshirilmoqda. Davlat rahbari tegishli qonunni 2025-yil 9-iyulda imzolagan. U IIVga ushbu elektron resursni 2026-yil 30-iyungacha yaratishni topshirdi. Yangi ma’lumotlar bazasi mamlakatdagi migratsiya bilan bogʻliq vaziyatni yaxshiroq tahlil qilish va toʻgʻri qarorlar qabul qilish uchun aniq ma’lumotlarni toʻplash maqsadida kerak bo‘lmoqda. Bunday profil haqida ilk bor 2024-yilda, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev gapirgan edi.

Bundan tashqari, Davlat dumasida avvalroq chet el fuqarolarini tanishuv saytlarida oʻz shaxsini tasdiqlashga majbur qilish taklif etilgan edi. Ushbu taklif bilan IIV rahbari Vladimir Kolokoltsevga murojaat qilindi. Gʻoya muallifining fikricha, bunday qadam foydalanuvchilarning yomon tekshirilishi sababli yuzaga keladigan firibgarlik, tovlamachilik va boshqa jinoyatlar xavfini kamaytirishga yordam berar ekan.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya