Maqola

490 07/03/2025

Bu haqida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya IIV hay’atining yillik kengaytirilgan yig’ilishida ma’lum qilgan. Qolaversa, Putin migratsiya siyosatining yangilangan konsepsiyasini iloji boricha tezroq, shu yilning o‘zida qabul qilishga chaqirgan.

Rossiya Prezidenti IIV oldida migratsiya sohasida «jiddiy vazifalar» turganini ta’kidlagan.

«Noqonuniy migratsiya kanallarini to’xtatish, migratsiya nazoratining zamonaviy vositalaridan faolroq foydalanish zarur», – degan Putin va yangilangan konsepsiya variantiga qog’oz migratsiya kartasidan voz kechishni kiritish kerakligini ta’kidlagan.

«Bu va boshqa innovatsiyalar davlat migratsiya siyosatining yangilangan konsepsiyasida o’z aksini topishi kerak, uni iloji boricha tezroq joriy yildayoq qabul qilish zarur» degan Putin.

Biroq hokimiyat chet elliklarni Rossiyaga jalb qilishdan voz kechishni rejalashtirmayapti, deb yozmoqda Tomsk-Onlayn nashri.

«Vatandoshlarimizning Rossiyaga qaytishini, shuningdek, bizning an’anaviy qadriyatlarimizni hurmat qiladigan va mamlakatimizda yashashni, ishlashni xohlaydigan chet elliklarni, ayniqsa kerakli malaka, ma’lumotga ega bo’lgan va iqtisodiyotimizga kerak bo’lgan muhojirlarni qo’llab-quvvatlashning mavjud mexanizmlarini rivojlantirish kerak», – deb fikrini yakunlagan Rossiya prezidenti.

Hukumatning migratsiya siyosatini amalga oshirish bo’yicha rejasi 2023-yilda ishlab chiqilgan va joriy yilda yakunlanishi rejalashtirilgan edi. Hujjat olti bo’lim va 42 banddan iborat.

Bandlar orasida mehnat migrantlari uchun «adaptatsiya kursi» va mamlakatda o’zini tutish qoidalari haqida eslatma ishlab chiqish, oliy o’quv yurtlari va kollejlarda chet ellik talabalar sonini ko’paytirish, shuningdek chet elliklarga beriladigan elektron vizalar turlarini kengaytirish bor.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya