Мақола

92 31/03/2024

Rossiyaga yashash va ishlash uchun kelgan migrantlarning harakatlanishi raqamli profillar orqali nazorat qilinadi.

Mazkur masala Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning Gosdumada “Yedinaya Rossiya” fraksiyasi bilan o‘tgan uchrashuvida muhokama qilingan.

“Ishlash uchun kelgan insonning raqamli profili yaratiladi. Qayerga borayapti, qayerda va kim bilan yashayapti, hujjatlari qachon tugaydi, ish o‘zgartirishi, ishdan bo‘shashi – hammasi nazorat ostida bo‘lishi kerak”, deb yozadi o‘ziningi telegram kanalida Gosduma vitse-spikeri Sergey Neverov.

Gosdumada muhokama qilingan raqamli profillar g‘oyasi yil boshida Rossiya hukumatining Migratsiya konsepsiyasi doirasida amalga oshirilishi haqida ma’lum bo‘lgan edi.

Konsepsiyaga ko‘ra raqamli profillar mamlakatdagi FSB va MVD kabi idoralarda mavjud bo‘lgan migransion ro‘yxat va biometrik ma’lumotlarni birlashtirishi kutilmoqda. Raqamli profillar 2024-yil oxirigacha yaratiladi.

⚠️ Biometrik ma’lumotlarni yig‘ish aeroportlarda boshlanishi haqida ham axborot berilgan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация