142 13/03/2024

So‘nggi paytlarda Olmaotada migratsiya qonunchiligi bo‘yicha nazorat kuchaytirilgan. Ikki kun ichida 100 dan ortiq muhojir javobgarlikka tortilgan.

Bizmedia.kz nashrining qayd etishicha, mahalliy huquq-tartibot idoralari Qozog‘iston hududida bo‘lish qoidalarini buzgan chet el fuqarolarini aniqlashga qaratilgan bir qator reydlar o‘tkazgan.

Qisqa vaqt ichida yuzdan ortiq muhojir – aniqrog‘I, 103 kishi javobgarlikka tortilgan. Ulardan 50 nafari zarur hujjatlar yo‘qligi sababli maxsus saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan bo‘lsa, qolgan 13 nafari migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Reydlar mart oyi boshida boshlangan migratsiya jarayonlari ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli kampaniyaning bir qismidir. Bu esa reydlar endi tez-tez o‘tkazilishi mumkinligini anglatadi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация