131 26/02/2024

AQSH va Kanada Rossiyaga nisbatan navbatdagi sanksiyalarni e’lon qildi. Rossiyaning bir qator banklari va sug’urta kompaniyalari sanksiya ro’yxatiga kiritilgan.

Sanksiyaga kirgan tashkilotlar orasida muhojirlar ko’p ishlatadigan Avangard bank va «Mir» to‘lov tizimi kartalari ham bor.

Avangard bank muhojirlar orasida pul o’tkazmalarini amalga oshirishda ko’p ishlatiladi. Sanksiyalardan keyin bank faoliyatida muammolar kuzatilishi mumkin.

«Mir» kartalari ham sanksiyalar tufayli Rossiyadan tashqarida qiyinchiliklar bilan ishlashi yoki umuman ishlamasligi ehtimoli bor. Hozirgi vaqtda «Mir» kartalari Armaniston, Belarus, Tojikiston, Qozog’izton, Qirg’iziston, Kuba, Vyetnam va qisman O’zbekistonda ishlab kelayotgan edi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация