
Prezident Şavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiyada yaşayotgan va tahsil olayotgan özbekistonliklar bilan uçraşdi. Davlat rahbari vatandoşlarni ilm olişga, tajriba orttirişga va egallagan bilimlarini Özbekiston taraqqiyotiga yönaltirişga çaqirdi.
Uçraşuvda Prezident xorijda bölib turgan vatandoşlar qayerda yaşaşidan qatʼi nazar, bilim oliş va öz ustida işlaşga intilişi muhimligini taʼkidladi.
«Qayerda bölsalaring ham, baribir ilmga, örganişga intilinglar. Jonajon Vatanimiz, buyuk Özbekistonimizning kelajagiga hissangizni, albatta, qöşasizlar.
Qaçon tezroq qaytib borasizlar? Şaroit bölsa, yangi-yangi uylar bölsa — hammasini qilyapmiz. Özbekistonda sizlarni har safar intiqlik bilan kutyapmiz», — dedi davlat rahbari.