224 25/12/2025

Moliyaviy savodxonlik har bir inson uchun kerak. Ayniqsa, muhojirlar uchun. Chunki ular ko‘proq daromad topish uchun xorijga borishadi.

Shu o‘rinda muhim tavsiyalar:

– Daromad va harajatlaringizni rejalashtiring:

Har oyda oladigan daromadingiz va chiqimlaringizni yozib boring. Har bir qayerga ketishini tushunib olish muhim. Chetda ishlashdan topadigan daromadingiz bo‘yicha maqsadingiz va rejangiz bo‘lsin, imkon boricha undan og‘ishmang. Biror do‘kon yoki bozorga borishdan oldin olinadigan narsalar ro‘yxatini tuzib oling va iloji boricha shu ro‘yxatdan chetga chiqmang. Do‘konlar sotuvni ko‘paytirish uchun har xil yo‘llarni qilishadi. Har bir katta harajatni yaqinlaringiz bilan maslahatlashing.

– Mablag‘larni qisman jamg‘arib boring:

Har oy kamida 10–20% daromadingizni zaxira qilib qo‘ying. Bu pul kelajakda favqulodda holatlar yoki katta xarajatlar uchun kerak bo‘lishi mumkin. Agar pulni ishlatib qo‘yish odatingiz bo‘lsa, uni saqlay oladigan yaqiningizga berib qo‘ying yoki maxsus qutilarda saqlang.

– Bekorchi narsalarga pul sarflashni yaxshi ko‘radigan yaqinlaringizga ko‘p pul yubormang. Imkon boricha daromad keltirmaydigan narsalarga pul sarflamang.

– Moliyaviy firibgarlikdan ehtiyot bo‘ling:

Ishonchsiz takliflardan, qonuniy bo‘lmagan sxema va “katta daromadli” loyihalardan ehtiyot bo‘ling. Bunday hollarda firibgarlik qurboni bo‘lishingiz mumkin.

– bankda hisob raqami ochish uchun chet elliklardan odatda Koreya immigratsiyasi tomonidan berilgan ID karta talab qilinadi, aksar banklar pasportning o‘zi bilan bank hisob raqami ochib bermaydi;

– yangi ochilgan bank hisob raqamiga kundalik pul o‘tkazmalari uchun turli jinoyatlarning oldini olish maqsadida cheklov (TITR: 이체한도) qo‘yilgan bo‘ladi, shu sababli bir kunda katta miqdordagi summani o‘tkazolmasligingiz yoki yechib ololmasligingiz mumkin; ma’lum muddat foydalaningizdan keyin ishxonangizdan ishlayotganingiz haqidagi hujjatni (TITR: 재직증명서) bankka olib borib bersangiz, kundalik cheklov miqdorini oshirib berishi mumkin;

– nomingizga ochilgan bank kitobchasi va bank kartasi doim o‘zingizda tursin, uni sizdan hech olib qo‘yib, o‘zida saqlashi mumkin emas;

– har oy maosh olganingizda ish beruvchi tomonidan maosh va undan ushlab qolingan summalar haqidagi ma’lumotnomani olib, o‘qib ko‘ring va doim saqlab qo‘ying;

– Koreya banklarining mobil dasturlaridan foydalaning. Bankka borganingizda bank xodimidan iltimos qilsangiz, telefoningizga o‘rnatishda yordam beradi. Ayrim banklarning mobil dasturlarida chet tillari ham mavjud.

– O‘zbekistonga pul o‘tkazishda rasmiy banklar yoki rasmiy xalqaro pul o‘tkazish xizmatlaridan foydalaning, chunki boshqa norasmiy usullar orqali chet elga pul o‘tkazish Koreyada nafaqat noqonuniy hisoblanadi, balki qiynalib topgan pullaringizni notanish odamlarga boy berish ehtimolini ham oshiradi;

– ma’lum xizmat evaziga noma’lum shaxslarga pul o‘tkazib berishdan yoki boshqalarning pulini “naqdlashtirib berish”dan, o‘z hisobingiz orqali boshqa hisobga shubhali pullarni o‘tkazib berishdan, nomingizdagi bank kartasi va bank kitobchasini boshqalarga foydalanishga berishdan saqlaning. Bu ishlar Koreyada hisob raqamlaringizning muzlatilishi va jinoiy javobgarlikkacha olib borishi mumkin;

– shahar ichidagi avtobus va metrodan foydalanishda jamoat transporti to‘lov kartasi (대중교통카드) orqali to‘lov qilinsa, chegirma beriladi, hamda bu usulda birinchi transportdan tushgach, 20-30 daqiqa ichida ikkinchi transportga o‘tirish bepul bo‘lishi mumkin. Aks holda har biriga alohida-alohida to‘lov qilish talab qilinadi.

Qiynalib topgan pullaringizni to‘g‘ri sarflashga e’tibor bering. Topganingizga baraka bersin!

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya