123
07/05/2025
Har kuni firibgarlar yangi aldash sxemalarini o‘ylab topishadi, xavfsizlikning asosiy qoidalarini bilmaslik esa jamg‘armalarni yo‘qotish xavfini oshiradi.
Biz migrantlarning moliyaviy savodxonligiga bag’ishlangan turkum maqolalar nashr etishda davom etamiz. Bunda bizga ishonchli hamkorimiz — SalamPay pul o‘tkazish xizmati yordam beradi. Ilovani quyidagi havola orqali yuklab oling.
Ushbu maqolada naqd va naqdsiz pullar bilan ishlashning oddiy, lekin juda muhim qoidalari, bank kartalari va elektron hamyonlardan foydalanganda mablag‘larni qanday himoya qilish, shuningdek, Rossiyadagi muhojirlar duch keladigan eng keng tarqalgan firibgarlik turlari haqida ma’lumot beramiz.
Pullar bilan ishlashda asosiy xavfsizlik qoidalari
Naqd pullar
- Barcha pullarni bir joyda saqlamang
- Ishonchli saqlash usullaridan foydalaning
- Katta miqdordagi pullarni begonalarga ko‘rsatmang
- Pullarni faqat xavfsiz joylarda sanang
- Pul olishda kupyuralarning haqiqiyligini tekshiring
Bank kartalari
- Karta ma’lumotlari va bankdan kelgan xabarlarni begonalarga aytmang
- SMS-xabarnomalarni ulang
- Operatsiyalar uchun limitlar o‘rnating
- Onlayn xaridlar uchun alohida kartadan foydalaning
- To‘lovlarni tasdiqlashdan oldin summani tekshiring
- To‘lovdan oldin sayt manzilining to‘g‘riligini tekshiring va do‘kon haqidagi izohlarni o‘qing
Elektron hamyonlar
- Murakkab parollardan foydalaning
- Ikki faktorli autentifikatsiyani yoqing (masalan, SMS yoki maxsus ilova orqali tasdiqlash)
- Katta summalarni saqlamang
- Operatsiyalar tarixini muntazam tekshiring
- Faqat rasmiy ilovalardan foydalaning
Pul o‘tkazmalari
- Qabul qiluvchi ma’lumotlarini aniqlashtiring, karta yoki hisob raqamini tekshiring, o‘tkazmani tasdiqlovchi ma’lumotlarni saqlab qo‘ying.
- Noma’lum odamlarga katta summalarni o‘tkazmang — ehtiyot bo‘lish yaxshiroq.
- O‘tkazmalar uchun limitlar o‘rnating — bu xato yoki buzib kirish holatida katta yo‘qotishlarning oldini oladi.
- O‘zbekistonga xavfsiz pul o‘tkazmalari uchun SalamPay mobil ilovasidan foydalanishingiz mumkin.
Keng tarqalgan firibgarlik turlari
1.Telefon orqali firibgarlik
“Bank xavfsizlik xizmati”dan qo‘ng‘iroqlar
- Shubhali operatsiyalar haqida xabarlar
- Karta ma’lumotlarini so‘rash
- Pullarni “xavfsiz hisob”ga o‘tkazish talablari
“Politsiya yoki FMS xodimlari”dan qo‘ng‘iroqlar
- “Hujjatlar bilan muammolar” yoki “migratsiya qonunchiligini buzish” haqida xabarlar
- Deportatsiya, jarima yoki jinoiy javobgarlik bilan qo‘rqitish
- Muammoni “hal qilish” uchun jarima yoki to‘lovni darhol to‘lash talabi
- Pulni karta, elektron hamyon yoki telefon raqamiga o‘tkazish so‘rovi
- Internetdagi firibgarlik
Fishing saytlari
- Banklarning soxta sahifalari — rasmiy saytlarning URL manzili o‘zgartirilgan nusxalari.
- Soxta davlat xizmatlari saytlari — shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash uchun davlat portallarining nusxalari.
- Mashhur onlayn xizmatlarning nusxalari — taniqli internet-do‘konlar, to‘lov tizimlari va ijtimoiy tarmoqlarning soxta versiyalari.
Ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarlik
- Do‘stlaringizning buzib kirilgan akkauntlari — tanishlaringiz nomidan moliyaviy yordam so‘rash.
- Kasal odamlar uchun soxta pul yig‘ish e’lonlari. Firibgarlar internetdan haqiqiy kasallik hikoyalarini olib, fotosuratlar va ma’lumotlarni nusxalab, karta raqamini o‘zlarinikiga almashtiradilar.
- Soxta ish beruvchilar — ishga joylashish uchun oldindan to‘lov talab qilish, o‘qitish yoki hujjatlar uchun to‘lov so‘rash.
“Bankdan” yoki boshqa shubhali qo‘ng‘iroqlarda nima qilish kerak?
- Suhbatga kirishmang, gaplashishni to‘xtating
- Shaxsiy ma’lumotlarni aytmang
- Bank yoki tashkilotning rasmiy call-markaziga qo‘ng‘iroq qiling
- Bank yoki tashkilotning ofisiga tashrif buyuring
- Rasmiy saytdagi raqamdan foydalaning yoki bank ilovasi orqali murojaat qiling
Firibgarlarga duch kelganda nima qilish kerak?
- Kartani bloklang
- Bankka xabar bering
- Firibgarlar haqidagi barcha ma’lumotlarni saqlang
- Politsiyaga murojaat qiling
- Parollarni o‘zgartiring
- Xavfsizlik sozlamalarini tekshiring
Ushbu maqolni do‘stlaringizga yuboring.
Keyingi maqolada moliyaviy rejalashtirish va kelajakni ta’minlash haqida gaplashamiz.