Maqola

368 24/12/2024

Moskvа viloyatida jamoat transportida yo‘lkira narxi 2-yanvardan boshlab oshadi. Bu haqda mintaqaning narx va tariflar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

2-yanvardan boshlab elektrichkalar yo‘lkira 48 rubl bo‘ladi. Avval 40 rubl edi. Qo‘shimcha yo‘nalishlarda esa har bir hudud uchun 35 rubl to‘lanadi.

“МЦД”da Moskva oblasti bo‘yicha tarifda «Troyka» kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda yo‘lkira 84 rublni (may oyida 76 rubl edi) tashkil etadi. Metroga o‘tish bepulligicha saqlanib qoladi. Agar bank kartasi orqali “МЦД”ga to‘lansa, yo‘lkira 91 rubl (may oyida 83 rubl edi) bo‘ladi.

Abonement sotib oluvchilar uchun tariflar esa jiddiy o‘zgarmoqda. Avval 3550 rubl bo‘lgan 30 kunlik abonementning narxi 2-yanvardan 3750 rublni tashkil etadi.

90 kunlik abonement endi 9600 rubl bo‘ladi.

1 yillik abonement narxi esa 28 ming rublni tashkil qiladi.

Marshrutka va avtobuslarda ham yo‘lkira narxi oshadi. Shahar ichi va 5 km masofadagi yo‘nalishlar uchun «Strelka» yoki «Troyka» kartalari orqali to‘lov qilinganda, yo‘lkira 59 rubl bo‘ladi.

Shahar hududidan tashqaridagi masofalar uchun 5 kmdan tashqari har 2,5 km uchun qo‘shimcha 6–8 rubl to‘lanadi.

Bank kartasi orqali to‘lov qilinganida avtobus uchun yo‘lkira 60 rublni tashkil qiladi.

So‘nggi marta jamoat transporti narxlari Moskva oblastida shu yilning may oyida oshirilgan edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya