116 04/04/2024

Shahar Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti poytaxt prefekturalariga maktub yo‘llab, musulmonlarni Ramazon oyi tugashi, Ramazon hayiti bayrami fonida Moskvada amaldagi cheklovlar haqida xabardor qilishni so‘ragan. Xususan, “mo‘minlarga hayit namozini uyda o‘qish tavsiya etiladi”, deyiladi departament ma’lumotida.

Departament bu ma’lumotlarni musulmonlarga o‘z ish beruvchilari orqali yetkazish, ayniqsa, Markaziy Osiyodan kelayotgan muhojirlarga alohida e’tibor qaratish so‘raladi.

O‘tgan yillarda bayram namozi poytaxtdagi oltita joyda: to‘rtta masjidda, shuningdek, Sokolniki bog‘ida va Texnik sport turlari markazida bo‘lib o‘tgan edi. Departament matbuot xizmati vakillari yangi tavsiyalar “Krokus Siti”dagi terakt bilan bog‘liqligini tan olgan.

Biroq savol tug‘iladi: ma’lumki, hayit namozining bir qancha shartlari bor, bular haqida departamentdagilar bilisharmikin?

Ma’lumki, 4 million musulmon yashaydigan Moskva shahrida atigi 4 ta masjid faoliyat yuritadi. Yangi masjidlar qurishga ham aholi, ham hukumat tish-tirnog‘i bilan qarshi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация