
Manej markaziy ko‘rgazma zalidagi o‘tkazilgan ko‘rgazmada yangi avlod turniketlari namoyish etildi. Shahar merining transport masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Maksim Liksutovning so‘zlariga ko‘ra, bu yil stansiyalarda shu xildagi birinchi turniketlar paydo bo‘ladi. 2031-yilga kelib esa Moskva metrosida 4,5 mingdan ortiq bunday qurilmalar o‘rnatiladi.

Hokim o‘rinbosari yangi qurilmalar stansiyalar o‘tish sig‘imini qariyb 40 foizga oshirishi ta’kidlagan. Yangi turniketlardan har ikki yo‘nalishda ham o‘tishning imkoni bo‘ladi.
Yorug‘lik indikatori sizga to‘lov amalga oshirilganligi haqida xabar beradi, vibratsiya orqali o‘tish joyi ochiqligini bilish mumkin va raqamli to‘lov usullarida virtual “Troyka”dan foydalanishning iloji bo‘ladi.