Maqola

408 23/02/2025

Moskva metro tarmog‘ida biometrik to‘lov imkoniyati yanada kengaytirilmoqda. Moskva shahri Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti rahbari Maksim Liksutovning ma’lum qilishicha, 2025-yil oxiriga qadar metroning barcha turniketlarida mazkur texnologiya ishga tushiriladi.

Tizimning samaradorligini oshirish va tezkorligini ta’minlash maqsadida stansiyalar vestibyullarida Rossiyada ishlab chiqarilgan qo‘shimcha uskunalar o‘rnatiladi. Biometrik to‘lov yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lib, unda karta, telefon yoki naqd pul talab qilinmaydi. Shuningdek, ushbu to‘lov usuli eng past tariflarni taqdim etadi. Barcha to‘lov ma’lumotlari shifrlangan holda saqlanadi va himoya qilinadi.

— Biometrik to‘lov o‘zini ishonchli va xavfsiz to‘lov vositasi sifatida namoyon qildi. Dunyoda hech bir shaharda bu xizmat bunday miqyosda va qulaylikda joriy etilmagan. Ishga tushganidan buyon u 140 million martadan ortiq qo‘llanildi, har ish kunida esa 160 mingdan ziyod yo‘lovchi yuzi orqali to‘lov amalga oshiradi. Biz shahar transportida eng yaxshi mahalliy to‘lov yechimlarini joriy etyapmiz, — deb xabar berdi Moskva shahar Transport departamentining Telegram-kanali.

Shuningdek, poytaxtda “Troyka” transport kartasi va “Moskvich” kartasini avtomatik ravishda to‘ldirish funksiyasi avtobus va elektr avtobuslarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Moskva shahar hokimining transport masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Maksim Liksutovning aytishicha, ayrim validatorlarda bu imkoniyat test rejimida ishlamoqda. Moskvaliklar va poytaxt mehmonlari onlayn xarid qilgan chiptalarni avtomatik tarzda kartaga yozishlari mumkin bo‘ladi.

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya