Maqola

800 30/04/2025

Moskvadagi kafelardan birida migrantlar kaltaklandi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari so‘nggi bir oy ichida bu yerga uch marta hujum qilgan. Migrant Media tahririyatiga bir muxlis tomonidan yuborilgan kadrlarda SOBR jangchilari binoga bostirib kirib, tashrif buyuruvchilarni yerga yuztuban yotishga majburlagani va qo‘pol kuch ishlatgani ko‘rsatilgan.

«Kabob sotuvchini qattiq kaltaklashdi. Uning qovurg‘alari va bo‘yniga urishdi. U qo‘llari bilan boshini yopib oldi. Ofisiantning qovurg‘alari shikastlangan, endi u ishga ham chiqmayapti. U shifokorga borishga majbur bo‘ldi. Hatto mijozlarni ham kaltaklashdi. Keyin polisiya bo‘limiga olib ketishdi. O‘tgan yilning iyun oyidan beri har oyda 2-3 marta muntazam ravishda kelishadi. Iyundagi reydda elektroshoker ishlatishdi. Meni ham do‘pposlashganidan keyin bir necha kun yurolmay qoldim. Ba’zan kuch ishlatishmaydi, ba’zan esa urib, hamma narsani sindirib ketishadi. Shu yilning yanvar oyida kompyuterni sindirib, kassadan pulllarni olib ketishdi”, — deydi kafe xodimi Aziz (ismi o‘zgartirilgan).

Xavfsizlik kuchlari kuzatuv kameralarini ko‘rgach, ularni sindirishgan. Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, bu choyxonaga qilingan birinchi reyd emas.

Xodimlarning aytishicha, tekshiruv vaqtida polisiya hech qanday qoidabuzarliklarni aniqlamagan. Biroq, shunga qaramay, ular reydlar bilan ularga kelishda davom etaveradi. Yanvar oyi boshidan buyon muhojirlarga qarshi reydlar, ayniqsa, Moskva va Moskva viloyatida tez-tez bo‘lmoqda. Xavfsizlik kuchlari vokzallar, mehmonxonalar va kafelarda tekshiruv o‘tkazyapti. Hibsga olish ko‘pincha qo‘pol harakatlar, kuch ishlatish, haqorat qilish va mulkni yo‘q qilish bilan bog‘liq. Ayrim hollarda bosqinlarga «Русская община» millatchilik harakati a’zolari ham qo‘shiladi. Ular sodir bo‘layotgan voqealarni tasvirga olishadi, muhojirlarni kaltaklaydi, haqoratlaydi. Federal sud ijrochilari xizmatining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki uch oyida sud qarori bilan 4800 nafar chet el fuqarosi Moskvadan chiqarib yuborilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31 foizga ko‘pdir. Ular orasida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham bor.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya