Maqola

183 31/01/2025

Moskva oblasti politsiyasi Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi bo‘lgan 33 yoshli muhojirni o’z qizini qiynoqqa solishda gumon qilib hibsga oldi. 12 yoshli qiz tan jarohatlari bilan yordam so’rab murojaat qilgan, deb xabar beradi Moskva oblasti Tergov qo’mitasi. Moskva oblasti Tergov qo’mitasi xabarida aytilishicha, qiz otasining navbatdagi qiynoqlaridan so’ng uydan chiqib ketgan.

«Tergov davomida gumon qilinuvchi 2012-yilda tug’ilgan qizini muntazam ravishda kaltaklab, turli tana qismlarini olovda qizdirilgan metall buyumlar bilan ko’p marta kuydirgani aniqlandi», – deyiladi Tergov qo’mitasi xabarida.

Tekshiruv natijasiga ko’ra, gumonlanuvchi muhojir Rossiyada qonuniy asosda bo‘lgan, ammo ro’yxatdan o’tgan manzilda yashamagan. Uning xotini va farzandlari esa mamlakatda noqonuniy yashab kelishgan. Xabar berilishicha, qizning onasi ham hibsga olingan.

«Известия» gazetasi o’z manbalariga tayangan holda xabar berishicha, 12 yoshli qiz qiynoqlar haqida do’kon sotuvchisiga aytib bergan. Sotuvchi esa tez yordam va huquq-tartibot organlarini chaqirgan. Tibbiyot xodimlari qizning orqasi, qo’llari va oyoqlarida kuyishlar borligini qayd etib, uni kasalxonaga yotqizishgan. Nashr manbasining ma’lumotlariga ko’ra, oxirgi qiynoq qiz onasining bank kartasini o’g’irlab, undan xarid qilgani sababli sodir bo’lgan. Ota-onasi buni bilgach, uni kaltaklab, tanasining turli qismlarini qizdirilgan gayka kaliti bilan kuydirgan.

«Известия» ma’lumotlariga ko’ra, jabrlanuvchi qizdan tashqari oilada yana besh nafar farzand bo’lib, ularning ikkitasi bolalar uyiga joylashtirilgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya