Maqola

193 01/06/2024

Hujjatlarni topshirish uchun 9:00 dan 17:00 gacha Saxarovodagi MMSga murojaat qilishingiz kerak.

📍 Manzil: Moskva, Varshavskoe shossesining 64-km, Voronovskoye qishlog’i 1, 47-bino, 1A-sonli kirish.

U yerga Lesoparkovaya metro bekatidan MS1 avtobusi yoki Prokshino metro bekatidan MS2 avtobusida borish mumkin.

Kvotaga ariza topshirish uchun MMSga kelib, talon olib, navbat kutish zaarur. Huddi Sberbankdagidek. Talonni boshqa kunga o’tkazib bo’lmaydi.

❗️Kvotaga ariza topshirayotgan chet ellik shaxslardan arizadan tashqari fuqarolik pasportining notarial tarjimasi, undagi propiska va fuqaroligi ko‘rsatilgan sahifalarning nusxasi, migratsiya kartasi, 3,5×4,5 hajmidagi fotosurat talab qilinadi.

“RVP” kvotasi uchun arizalarni topshirish tartibini bu yerdan batafsil bilib olishingiz mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya