Maqola

363 02/12/2025

Moskva sudi nomzodlarning fuqaroligi yoki millatini ko’rsatuvchi ish e’lonlari berishni taqiqladi. Qaror «faqat Qirg’iziston fuqarolari», «o’zbeklar uchun maxsus shartlar» va «faqat slavyan uchun» kabi jumlalari bo‘lgan ish e’lonlariga taalluqli. Sud bunday ma’lumotni kamsituvchi deb topdi va ularni tarqatishni taqiqladi. Ushbu ish e’lonlari bo‘lgan sahifalar allaqachon bloklangan.

Bu birinchi bunday holat emas. 2024-yil yanvar oyida Moskvaning Dorogomilovskiy sudi prokuratura tomonidan qo’zg’atilgan da’vo asosida «faqat slavyanlar» ko’rsatilgan uchta VKontakte ish e’lonlarini taqiqlagan edi. O’sha yilning may oyida Solntsevskiy sudi «faqat slavyan ko’rinishidagi» oshpazlar va farroshlar uchun onlayn sahifalarda shunga o’xshash e’lon berganlarni jazoladi.

Bloklashdan tashqari, ish beruvchilar 15 000 rublgacha jarimaga tortilgan. Qonun ishga yollashda millatga asoslangan har qanday cheklovlarni taqiqlaydi (Rossiya Mehnat kodeksining 64-moddasi).

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya