Moskvadagi kvartiralardan birida ta’mirlash ishlari vaqtida iroqlik shifokor Gafuri Xolid Saidning byusti yo’qolgan. Katta ehtimol bilan byustni quruvchilar remont ishlaridan keyin tashlab yuborgan bo‘lishi mumkin. Endi ta’mirlash bilan shug‘ullangan arman quruvchilarni politsiya qidirmoqda. Mazkur voqea migrant-quruvchilarga buyurtmachining mulkiga tegmaslik qanchalik muhimligini yana bir bor eslatadi.
Ko’y-Sanjak shahridagi kasalxonaga nomi berilgan mashhur shifokorning nabirasi Katta Matrosskiy tor ko’chasidagi kvartirasini ta’mirlash uchun muhojirlardan iborat Argam ismli usta rahbarligidagi quruvchilar brigadasini yollagan. Keyin esa vaqtincha yo’lakda turgan oila uchun qimmatli byustning yo’qolganini aniqlagan.
Mashhur shifokorning nabirasi 2008-yilda 500 dollarga tayyorlangan bobosining byustini (hozirgi qiymati taxminan 100 ming rubl) kasalxonaga o’rnatish uchun Iroqqa yubormoqchi bo‘lgan. Yuborish qimmat bo‘lgani uchun byust vaqtincha kvartirada turgan. Biroq haykal yo‘qolganidan keyin endi uni Rossiya poytaxti politsiyasi qidirmoqda, deb yozadi “BAZA” telegram kanali.
Ushbu hodisa ta’mirlash ishlari paytida uy egasining ruxsati va topshirig‘isiz hech qanday narsalarga tegmaslik qanchalik jiddiy qoida ekanini ko’rsatadi. Migrant-quruvchilar brigadir yoki quruvchi boshliq gapi bilan ham, uy yoki joy egalarining ruxsatisiz hech narsani tashlashi yoki ko’chirishi mumkin emas. Aks holda ushbu o’zboshimchalik uchun qonun doirasida jiddiy javobgarlikka tortilish mumkin.