Maqola

183 17/09/2024

Moskva oblasti hukumati 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab patent bilan ishlaydigan migrantlarga alkogol va tamaki savdosi, ko‘cha taomlari, ijtimoiy xizmatlar, shuningdek, sport, madaniyat, dam olish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida ishlashni cheklaydi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar berdi.

“So‘nggi uch yil ichida savdo sohasidagi xorijlik ishchilar ustidan shikoyatlar ancha oshdi. <…> Biz patent bilan ishlashga to‘liq taqiq kiritgan 22 ta mintaqaga qo‘shilmoqchimiz. Shuningdek, patent asosida ishlayotgan migrantlarning ko‘cha taomlari savdosi, sport, ish, dam olish, shuningdek, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar va ta’lim kabi ijtimoiy sohalarda ishlashini taqiqlashni taklif qilamiz», – deydi Moskva oblasti hukumati raisining o‘rinbosari Nataliya Maslenkina.

Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlarga ishlashni taqiqlash orqali potensial mojarolarni kamaytirishga erishish mumkin emish.

«Bu taqiqlar kiritilganidan keyin patent asosida ishlayotganlar soni 5,6 ming kishiga kamayadi. Iqtisodiy jihatdan ishchi kuchi bilan yuzaga keladigan bo‘shliqni vatandoshlarimiz va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) fuqarolari hisobidan to‘ldirish mumkin», – degan Maslenkina.

Shaurma, somsa kabi ko‘cha taomlarini sotadigan muhojirlar qaysi sohalarda ishlay boshlaydi, nima deb o‘ylaysiz?

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya