
Moskva viloyatining Shyolkovo shahrida nogiron odamni kaltaklab o‘ldirib qo‘yishda ayblangan migrant hibsga olindi. Voqea 20-iyul kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, erkak mast holatda o‘tib ketayotgan odam bilan janjallashib qolgan va mojaro vaqtida uni urib yuborgan. Zarba ta’sirida odam yiqilib, boshidan qattiq jarohat olgan. Shuning natijasida jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan. Shundan so‘ng urgan odam va uning o‘sha yerda bo‘lgan sherigi qochib ketgan.
Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, o‘lgan 49 yoshli gung erkak bo‘lgan. MK gazetasining yozishicha, urganlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, mahalliy boshqaruv kompaniyalaridan birida ishchi bo‘lib ishlagan. Ulardan biri erkakning boshiga bir necha marta urgan. Jabrlanuvchi yiqilganidan keyin ikki migrant jasadni butalar orasiga tashlab, qochib ketishgan. Biroq uning shaxsiy buyumlariga tegilmagan.
Tergov videokuzatuv kameralari tufayli gumonlanuvchini topishga muvaffaq bo‘ldi. Qo‘lga olingan shaxs Rossiyada noqonuniy bo‘lganligi aniqlangan. Tergov qo‘mitasi endi uning mamlakatda qolishiga ruxsat bergan mas’ullarni aniqlash niyatida.
Gumonlanuvchi “ehtiyotsizlik tufayli odam o‘limiga sabab bo‘lgan badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish” moddasi bilan ayblanmoqda. Sud uni hibsga olish haqida qaror qabul qildi. Hozirda tergov davom etmoqda.