Maqola

151 15/05/2024

Tergovchilar aniqlashicha, jinoyat tashkilotchilari muhojirlarga soxta Ukraina fuqaroligi va Xerson viloyatida ro‘yxatdan o‘tganligini ko‘rsatuvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan. Shundan so‘ng xorijliklar soddalashtirilgan sxema bo‘yicha Rossiya pasportlarini olgan.

Fuqarolik olish uchun migrantlar 400 mingdan 700 ming rublgacha pul to‘lagan.
Ish bo‘yicha jami 15 kishi qo‘lga olingan. Ular orasida Ichki ishlar vazirligining Domodedovo bo‘yicha migratsiya xizmatining sobiq xodimi, Moskva viloyatining uch nafar fuqarosi va 11 nafar xorijlik, jumladan, Vetnam, O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolari bor.

Har bir shaxsning vazifasidan kelib chiqib, hibsga olinganlarga noqonuniy migratsiyani tashkil qilish, rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish, qasddan qalbaki hujjatdan foydalanish ayblari qo‘yiladi. To‘rt kishi hibsga olindi, qolganlardan yashash joyini tark etmaslik to‘g‘risida tilxat olindi (https://www.ntv.ru/novosti/2827049/).

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya