
Ma’lum bo‘lishicha, qurilish maydonida ishlayotgan muhojirlar ish joyida ovqatlanishgan. Ishdan keyin hosteldagi yotoqlariga qaytib, birdan o‘zlarini yomon his qila boshlashgan. Qusish, ich ketish va boshqa simptomlar tufayli tez yordam chaqirilgan. O‘zini yomon his qilayotgan muhojirlarning barchasi shofoxonaga olib ketilgan va ommaviy zaharlanish holati qayd etilgan.
«Obrucheva 30» turar joy majmuasi qurilishida ishlayotgan Tojikiston va O’zbekiston fuqarolari, qurilish maydonida tushlik paytida zaharlanishgani xabar berilmoqda. Muhojirlarga taomlarni «ЕниДем» MCHJsi yetkazgan. Ovqat iste’mol qilganidan keyin 50 kishi Moskvadagi hostelda o’zini yomon his qila boshlagan — ularda qusish va ich ketish boshlangan. Hostelga tez yordam xodimlari yetib kelgach, 20 nafar migrantni shifoxonaga yotqizgan. «Роспотребнадзор» mutaxassislari zaharlanish holati bo’yicha tergov o‘rganish ishlarini boshlagani xabar berilmoqda.
“Readovka”nashrining xabar berishicha, migrant-quruvchilarni ommaviy ravishda noqonuniy tarzda Moskva hostellariga joylashtirish qurilish kompaniyalarining sxemasiga aylangan. Hostellarda muhojirlar uchun yaxshi sharoitlar ta’minlanmaydi, ishchilar antisanitariyada, topm va devorlarda mog’or bilan yashashga majbur bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, yomon sharoitlar va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik tufayli yaqinda Moskvaning Tushino tumanida katta yong’in sodir bo’lgan edi. Tushinodagi yong‘inda ham muhojirlar yashaydigan hostellar evakuatsiya qilingan.