Maqola

144 05/09/2024

Novogireyevo metro bekati yaqinida moskvalik ayol ikki dog‘istonlik qizga hujum qildi. Hujumga sabab ularning ro‘moli bo‘lganida ekan. Janjalkash ayol yosh talabalarni noma’lum sabablar bilan vafot etgan yaqinlarining o‘limida ayblay boshlagan. Qattiq nafrat bilan opa-singillarni ta’qib qilib savollar bergan va keyinchalik jismoniy hujumga o‘tgan.

Opa-singillardan biri vaziyatni shunday tasvirladi: «Biz dog‘istonlikmiz, oddiy kundalik kiyimda edik, niqobda emasdik, ikkovimiz ham ro‘molda edik. Darsdan chiqib, metrodan chiqmoqchi bo‘lganimizda, bir ayol bizga afg‘onmisizlar, tojikmisizlar deb savollar berishni boshladi. Men rad javobini berganimdan keyin ayol, sen uyingda emassan, deb ayblay boshladi. Keyin menga va singlimga hujum qildi, bir necha marta meni urib, telefonimni otib yubordi. Keyin singlimning sochidan tortib urdi. Qattiq xafa bo’lganimdan ko‘z yoshlarimni tiya olmadim», – deydi qizlardan biri.

Rossiyada hozirgi kunda faqat erkaklar emas, balki musulmon ayollarga ham hujum boshlangan ko‘rinadi. Avvallari bunday holatlarga Ukrainadagi urushda qatnashayotgan musulmon askarlarning videomurojaatidan keyin mas’ullar e’tibor berishni boshlagan edi. Deputatlar so‘rov yuborgan, huquq-tartibot organlari xodimlari ish ochishgan. Biroq kuni-kecha asli Rossiya fuqarosi bo‘lgan qizlarga hujum hozirga qadar hech kimning e’tiborini tortgani yo’q. Katta ehtimol bilan, rossiyalik muslimalar himoyasiz qolganga, millatchi, islamofoblar esa vaxshiylashganga o’xshaydi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya