
Poytaxtda Rosgvardiya xodimlari tomonidan reyd o‘tkazildi, uning davomida Cherkizovskaya ko‘chasidagi bozorda 70 nafar muhojir qo‘lga olindi.
Rosgvardiyaning Moskva bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tekshiruv “Avangard” va OMON “Mech” kuchlari tomonidan Tergov qo‘mitasining Harbiy tergov boshqarmasi vakillari bilan birgalikda o‘tkazilgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad migratsiya qonunchiligining buzilishi, shuningdek, harbiy xizmatni o‘tashdan bo‘yin tovlash holatlarini aniqlashdan iborat bo‘ldi.
Hibsga olinganlar migratsiya ro‘yxatidan o‘tgan ma’lumotlar bazasi bilan tekshirildi. Ushlanganlardan 20 kishi harbiy ro’yxatga olish uchun Moskva harbiy komissariatiga yuborildi.