Maqola

629 11/11/2024

Qish yaqinlashmoqda, demak, yaqin orada Moskva aholisi “dvornik”larning keskin yetishmasligidan shikoyat qila boshlaydi. Mutaxassislar hozircha xodimlar yetarli ekanini ta’kidlamoqda. Ammo dvorniklarga talab va ish haqi ortib borayotganini kuzatish mumkin: bir yil ichida uy-joy kommunal xo’jaligi xodimlarining ish haqi 29 foizga oshdi.

Bunday statistikani «Парламентская газета» nashri keltirmoqda. Hozirgi kunda Moskvada “dvornik”larning o‘rtacha maoshi 61 610 rubl (61 AQSh dollari) dan iborat. Biroq aslida dvorniklarning daromadi yanada yuqori, deydi «Uy-joy kommunal xizmatidagi boshqaruv kompaniyalarining mintaqalararo gildiyasi» direktori Vera Moskvina.

“Dvornik”lar orasida 100 ming rubl (1000 AQSh dollari)dan ko’p pul topadiganlari ham bor. Xususiy kompaniyalarda ishlaydigan dvorniklarning oyligi aynan shuncha. Bunday maosh biznes markazi, savdo majmuasi yoki xususiy klinika yaqinidagi hududni tozalash evaziga beriladi va turli bonuslar bilan birga 100-120 ming rublgacha to‘lanadi. Keltirilgan maosh ko’rsatkichlari ofis xodimlarining daromadlari bilan teng. Biroq “dvornik”lar uchun mavjud qo‘shimcha imtiytozlar hisobga olinsa, masalan, moslashuvchan ish tartibi, yo‘lkiraning to‘lab berilishi, bepul ovqat, dam olish joylari va boshqalar, “dvornik”lik ofis xodimining ishidan jozibaliroq taklifga aylanadi.

«Авито Работы» ma’lumotlariga ko’ra, 2024-yilning uchinchi chorak natijalariga ko’ra, Moskvada “dvornik”larga talab o’tgan yilga nisbatan 18 foizga oshgan. Qish mavsumida esa kommunal xizmatlari yanada ko’proq ishchi kuchiga ehtiyoj sezadi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya