129 05/04/2024

Moskva muftiysi poytaxt hukumati musulmonlarga Ramazon hayitini uyda o‘qishni tavsiya qilgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov shahar meriyasi musulmonlardan Ramazon hayiti kuni uyda namoz o‘qishni so‘ragani haqidagi xabarni yolg‘on ma’lumot, deb atadi. Bu haqda bir kun avval telegram kanallarida xabar berilgan edi.

Bu jamiyatimizda qandaydir nizo qo‘zg‘ashga qaratilgan soxta ma’lumot, hammasi odatdagidek bo‘ladi”, — degan Alyautdinov RBKga.

Bu yil musulmonlar Ramazon oyi hayiti munosabati bilan nishonlaydigan Qurbon hayiti 10 aprel kuni nishonlanadi. Bayram sharafiga Moskvadagi oltita va viloyatdagi 46 ta joyda namoz o‘qiladi, deb yozadi “RIA Novosti”. Ibodatning onlayn translyatsiyasi ham tashkil etiladi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация