Markaziy Rossiya mintaqalariga meteorologik qish 23-noyabrdan keyin kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Moskva meteobyurosining bosh mutaxassisi Tatyana Pozdnyakova o‘zining telegram-kanalida ma’lum qildi.
Lenta nashrining yozishicha, havo haroratining sutkalik o‘rtacha manfiy qiymatlarga tushishi 23 noyabrdan keyin boshlanishi kutilmoqda. Biroq minimal harorat minus uch daraja atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Moskva meteobyurosining bosh mutaxassisi Tatyana Pozdnyakova poytaxtda qish anomal darajada iliq bo‘lishini bashorat qildi. Uzoq muddatli prognozlarga ko‘ra, dekabr va yanvar oylarida Moskvada havo harorati normadan 1-3 daraja yuqori bo‘lishini, fevral va mart oylari ham anomal harorat ko‘rsatkichlari bilan ajralib turishini ma’lum qildi mutaxassis.