Maqola

131 30/09/2024

Moskvada uy ijarasi narxlari oshib ketdi. Rossiya poytaxti rieltorlari narxlar oshishini Belgorod va Kursk oblastlariga qilingan hujumlar bilan izohlashdi, deb yozadi “Mash” telegram kanali. Rossiyada foiz stavkalarining oshgani ipotekaga, ayniqsa, yangi qurilgan uylarga talabni pasaytirdi. Aholi endi uzoq muddatli ijarani afzal ko‘rmoqda. Qolaversa, talabalarning Moskvaga qaytishi ham narxning ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatgan. Talab oshgani uchun uylarning ijara narxi ham keskin ko‘tarilgan. Bu vaziyatda eng ko‘p jabr ko‘rayotgan qatlam — migrantlar. Narxlar migrantlar uchun deyarli to‘lash uchun imkonsiz bo‘lib qoldi, deb xabar beradi “Mash” telegram kanali.

Hozirda Moskvaning markazida bir xonali xonadonning ijarasi o‘rtacha 90–110 ming rublni tashkil qiladi. Bu summaga yana depozit, birinchi va oxirgi oylar uchun oldindan to‘lov hamda kommunal to‘lovlar qo‘shilishi kerak. Ya’ni, 40–60 kvadrat metrli kvartirani ijaraga olish uchun o‘rtacha 300 ming rubl sarflanadi. Kattaroq xonadonni ijaraga olish yanada ko‘proq pul sarfini talab qiladi. Moskva chetida uy ijarasining o‘rtacha narxi 60–70 ming rublni tashkil qiladi.

Izohlarda migrantlar uchun Moskvada ijaraga tez va arzon uy topish bo‘yicha tajribangiz bilan bo‘lishing.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya