Maqola

864 26/08/2025

1-sentyabr kuni Moskvada migrantlar uchun yangi dastur ishga tushiriladi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi.

Dastur koronavirus pandemiyasi davrida qo‘llanilgan “Ijtimoiy monitoring” tizimiga o‘xshash bo‘ladi. O‘shanda odamlar o‘zlarining joylashuv ma’lumotlarini ilova orqali uzatgan edi. Endi migrantlar ham xuddi shu tarzda kuzatiladi.

Bundan tashqari, Moskva elektron migrant kartasini joriy qilmoqda. Unda migrant haqida barcha ma’lumotlar: qachon kelgani, qayerda ishlashi va qonunbuzarliklar bor-yo‘qligi yig‘iladi. Ushbu kartani QR kod orqali tekshirish mumkin. Agar muhojirda hammasi joyida bo‘lsa, yashil chiroq yonadi. Agar qoidabuzarlik bo‘lsa, qizil chiroq yonadi va politsiya migrantni ushlab turishi mumkin.

Sobyaninning aytishicha, migrantlar uchun biometrik nazorat allaqachon barcha aeroportlarda joriy qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlardan butunlay voz kechib bo‘lmaydi. Hozirda Rossiyada 5 millionga yaqin ishchi yetishmaydi va yangi muhojirlarsiz iqtisodiyot zarar ko‘radi.

Shahar hokimi, shuningdek, so‘nggi 10 yil ichida migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni qariyb uchdan bir qismga kamayganini aytgan.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya