198 14/05/2024

13-maydan buyon tayyor patentni olishga borgan muhojirlar noma’lum sabablarga ko‘ra patentlarini ololmayapti.

Ko‘ptarmoqli migratsiya markazi (ММЦ Сахарово) xodimlari patent olishga kelgan migrantlarni “baza ishlamayapti” deb qaytarib yubormoqda.

Ikki kundirki qator davlat idoralarining tizimlari ishlagani yo‘q. Ular orasida IIV (МВД) ning migratsiya bo‘limi, rus tili imtihonlari natijasi kiritiladigan tizim va SNILS tizimlari bor.

Migrant.uz xodimi idoralar bilan bog‘langanida tizimlarning ishlamayotgani tasdiqlandi.

Bog‘lanish vaqtida tizimlarning ishlamayotgani sababi texnik nosozlik deb tushuntirilgan. Qachon ishlab ketishi esa noma’lum ekani aytilgan.

Odatda migrantlarga patent berishdan avval migratsiya xodimi muhojirning migrasion qaydi “baza”da bormi, migrant qidiruvda emasmi, unga nisbatan Rossiyaga kirish uchun taqiq (zapret) yo‘qmi tekshirishi kerak. Norasmiy suhbatda “Сахарово” markazi xodimi IIV (МВД) ning Migratsiya markazi tizimi ishlamayotgani uchun bu tekshiruvlarni amalga oshirib bo‘lmayotganini, shuning uchun patent berilmayotganini tushuntirgan.

IIV (МВД) ning Migratsiya markazi tizimi 16 maygacha ishlashi, SNILS bo‘yicha tizim 15 maygacha ishlab ketishi kutilmoqda. Shuning uchun tayyor patentni olish muddati 30 kunligini eslatamiz va shu kunlarda “baza” ishlamayotgani uchun patent olishga keyinroq borishni maslahat beramiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya