Maqola

267 08/11/2024

2024-yil 19-noyabr kuni Rossiya federatsiyasi Мadaniyat vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Мadaniyat vazirligi va Roskonsert davlat tashkiloti ko’magida Davlat Kreml saroyida O’zbekiston madaniyati kunlari bo’lib o’tadi. Tadbir O’zbekiston madaniy merosining xilma-xilligini va mamlakatning Rossiya Federatsiyasi bilan madaniy muloqotni davom ettirish istagini ta’kidlaydi, deb xabar beradi Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Xabar qilinishicha, O’zbekiston madaniyati kunlari doirasida fotoko’rgazma va O’zbekiston yulduzlari ishtirokida konsert bo’lib o’tadi.

Rossiya madaniyat vazirligining ma’lum qilishicha, fotoko’rgazma o’zbek xalqining tarixi, madaniy an’analari va kundalik hayotiga bag’ishlanib, mamlakatning jahon madaniy kontekstiga qo’shgan hissasi hamda milliy o’zligini saqlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini aks ettiradi. Ekspozitsiyada mamlakatdagi arxitektura yodgorliklari, muhim voqealar va zamonaviy o’zgarishlarning 80 dan ortiq noyob fotosuratlari mavjud.

Davlat Kreml saroyidagi konsert nafaqat o’zbek san’atining go’zalligini, balki uning jahon madaniyati kontekstidagi ahamiyatini ham namoyish etadi. Dasturda o’zbek xalq qo’shiqlari, milly raqslar va jahon opera klassikasining durdonalari o’rin olgan, deb yozgan Madaniyat vazirligi o‘zining rasmiy saytida.

Konsertda Munojot Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov, Farrux Zokirov, Sevara Nazarxon, Gulsanam Mamazoitova, Aygul Nodirova, Ozoda Saidzoda, Ilyos Arabov, Shirin Mamatova va Sabina Mustayeva ishtirok etishi ta’kidlangan. Bundan tashqari, konsert O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Urinbayev rahbarligida O’zbekiston davlat simfonik orkestri, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli ishtirokida o’tkaziladi, deyiladi rasmiy bayonotda.

Migrant.uz Kreml saroyining veb-saytini tekshirib, O’zbekiston oqshomiga chiptalar hali ham sotilayotganiga guvoh bo‘lgan. Saroyning amfiteatr va balkon qismlarida biletlar mavjud. Chiptalar 200 rubldan 600 rublgacha ekani ma’lum bo‘ldi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya