158 05/09/2024

Moskvada qurol bilan odamlarni to‘nagan migrantlardan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi, deb yozadi «Baza» telegram kanali. Ma’lum qilinishicha, talonchilar katta pul summalarini olib ketayotgan shaxslarga hujum qilishgan. Uyushgan jinoiy guruh keltirgan zarar kamida 43 million rublni tashkil etgan.

2021-yilda tojikistonlik Amonqulov I., Juraqulov K., Jabborov I., Rahmonov D., Rustamjonov X. va dog‘istonik Medjidov R. katta pul olib ketayotgan shaxslarga hujum qilishga ixtisoslashgan jinoiy guruh tuzishgan. 2021-yil iyun oyida bir kishining oyog‘iga o‘q uzib, undan 15 million rubl solingan ryukzak va sumkani olib ketishgan.

2021-yil sentyabrida esa bir necha turistik agentliklar asoschisiga hujum qilishgan. Banditlar erkakni urib, 27 million rubl naqd pul solingan sumkani o‘g‘irlashgan.

So‘nggi hujumni jinoyatchilar 2023-yil dekabrida sodir etishgan. Qurbon Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan. Ular qirg‘izistonlikning mashinasini to‘sib, 6 marta o‘q uzishgan va pul solingan sumkani tortib olishgan. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, zarar 1 million rubldan oshgan.

Tekshiruvlar davomida jinoiy guruhga kirgan tojikistonlik muhojirlarning hech biri tegishli tartibda migratsion qayddan o‘tmagani aniqlangan. 2024-yil 29-avgust kuni gumondorlar qo‘lga olingani aytilmoqda. Barcha gumondorlarga RF Jinoyat kodeksining 162-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda gumondorlar tergov hibsxonasida saqlanayotgani ma’lum. Tergovga ko‘ra, jinoiy guruh jami 40 million rubldan ortiq mablag‘larni qo‘lga kiritgan.

Ammo jinoiy guruh qurbonlarning shaxsi, ularda katta pul borligini qanday qilib bilgani haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Bundan tashqari, 2021-yildan beri kuppa-kunduzi hujum qilgan talonchilarning izini politsiya nega topa olmagani ham ochiq savol bo‘lib qolmoqda. Katta ehtimol bilan jinoiy guruhni boshqargan alohida shaxs mavjud. Aynan boshqaruvchi qurbonlarning shaxsi, ularning pullari va harakatlanish vaqtlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lgan. Va bu shaxs hali ham ozodlikda. Lekin bu haqda oddiy odamlarga har doimgidek hech narsa aytilmaydi, ijrochi jinoyatlar migrantlar ekani ochiqlanadi, xolos.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya