Maqola

1 192 20/02/2025

30 yoshli Abdinasir Uulu Bekzat terrorchilarni qo’llab-quvvatlovchi izohi uchun 3 yil qamoq jazosiga hukm qilindi, bu haqda “POLITIK Central Asia” nashri xabar bermoqda.

“Krasavchiklar”, bu ishlar uchun katta jasorat kerak, afsus, qo’lga tushishdi, – deb yozgan qirg‘izistonlik terrorchilikda ayblanuvchilarning so’roq videosi ostiga.

Sud shuningdek, qirg‘izistonlikka ikki yil davomida veb-saytlarni boshqarishni taqiqladi, telefonini musodara qildi va SIM-kartasini yo’q qilish haqida qaror chiqardi.

Qirg‘izistonlik muhojir sudda aybini tan olib, pushaymon ekanini bildirgan. Unga qo’yilgan modda yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi. Mahkum hali hukm ustidan shikoyat qilish to’g’risida qaror qabul qilmagani aytilmoqda.

Eslatib o’tamiz, «Crocus»dagi terrorchilik 2024-yil 22-martda sodir bo’lgan. Terrorchilik oqibatida 146 kishi halok bo’lgan, 695 kishi jarohat olgan. Jinoyatning asosiy to’rt ijrochisi va ularga yordam bergan yana 12 kishi hibsga olingan. 19-fevral kuni Moskvaning Basman sudi ish bo’yicha uch nafar ayblanuvchining qamoq muddatini 24-martgacha uzaytirdi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya