78 20/03/2024

SSKA futbol klubi va O‘zbekistonning “Bunyodkor” jamoasi o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Rossiya klubi Moskvadagi o‘zbekistonliklarni qiziqarli futbol o‘yinini tomosha qilish uchun taklif etmoqda.

“Biz ikki do‘st mamlakat muxlislarini birlashtirib, “Bunyodkor” va SSKA PFK jamoalarini qo‘llab-quvvatlashda unutilmas muhit yaratmoqchimiz”, deyiladi armiyachi klub taklifida.
O‘yin “VEB Arena” stadionida 22-mart soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar tomoshabinlar orasida sovg‘alar o‘yinini ham tashkil etish niyatida.

O‘yindan bir soat oldin stadionda o‘yindan oldingi ko‘ngilochar dastur ham o‘tkaziladi.

Chiptalarni cska.sportstar.me havolasi orqali 100 rubldan sotib olish mumkin. O‘zbekistonlik tomoshabinlarga
“C” va “K” tribunalaridan joy olish tavsiya etilmoqda.

Shuningdek, Rossiyada qonuniy bo‘lishni tasdiqlovchi hujjatlarni o‘zi bilan olib yurish va ularni gavjum joylarda yo‘qotmaslik uchun ehtiyot bo‘lish haqida eslatib o‘tilgan.

Shuni ham eslatib o‘tish joizki, SSKA tarkibida o‘zbekistonlik yosh iqtidor egasi Abbosbek Fayzullayev to‘p suradi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация