Maqola

440 02/09/2024

Kavkazlik yo‘lovchi kerakli manzilga yetib olganidan so‘ng, 1800 rubl miqdoridagi yo‘lkirani to‘lashdan bosh tortgan. Videoda yo‘lovchi erkak 20 daqiqadan so‘ng bank orqali pul o‘tkazib berishni va’da qilgan, lekin haydovchi bunga rozi bo‘lmagan. Bahs janjalga aylanib ketib, natijada yo‘lovchi haydovchiga qattiq zarba bergan. Mushtdan keyin haydovchining burnidan qon keta boshlagan va u shok holatida mashinani haydab ketmoqchi bo‘lgan. Lekin boshqaruvni yo’qotib, parkovkadagi boshqa avtomobillarga urilgan.

Aniqlanishicha, ushlangan shaxs avval ham taksichi-migrantlarni aldab, yo‘lkira to‘lashdan bosh tortib kelgan yo’lovchi bo’lgan. Voqeaga jamoatchilik e’tibor qaratgach politsiya ushbu yo’lovchidan jabrlangan yana bir qancha taksichilar topilganini ma’lum qildi.

Migrant-taksichilarning shikoyatlari ilgari huquq-tartibot organlari tomonidan e’tiborsiz qoldirilgan.

Ammo rus haydovchisi bilan sodir bo‘lgan hodisadan so‘ng, vaziyat keng jamoatchilik e’tiboriga tushdi va mushtumzo’r yo‘lovchi Tula viloyatida hibsga olindi. U bezorilikda ayblanmoqda.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxs ilgari ham bir necha bor sudlangan.

Ta’kidlash kerakki, nohaqlikka yoki adolatsizlikka duch kelgan migrantlar huquq-tartibot organlariga murojaat qilishdan va o‘z huquqlarini himoya qilishdan tortinmasligi kerak. Bunday shikoyatdan keyin tez natija bo’lmasa ham keying kattaroq halokatlarning oldini olish va tartibni ta’minlashga hissa qo‘shish mumkin.

Mazkur holatda ham agar politsiya migrant-taksichilarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob berganida, qon to‘kilishiga olib kelgan hodisaning oldi olinar edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya