126 06/03/2024

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva shahri bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi chet elliklarga Rossiya fuqaroligini noqonuniy ravishda berish bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruhni fosh etdi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi bo‘yicha ochilgan ish sudga yuborilgan.

Jinoyat ishtirokchilari bir nechta shaharlarda faoliyat yuritgan. 50 ming rublgacha pul evaziga xorijliklarga soxta migratsiya hujjatlari tayyorlangan, Rossiya fuqarolari bilan vaqtinchalik nikohlar tuzilgan, rossiyalik bolalarning otasi sifatida ro‘yxatga olingan. Bunday asoslar bilan chet RVP, VNJ va Rossiya fuqaroligini olib kelgan.

Tergov davomida Ichki ishlar vazirligi va FSB xodimlari Moskva, Vologda, Novgorod, Yaroslavl va Tver viloyatlarida 43 ta tintuv o‘tkazgan. Natijada uyushgan guruhning 20 nafar a’zosi jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация