Maqola

344 16/11/2024

Moskvaning “ВДНХ” maydonida 22 va 23-noyabr kunlari Moskvadagi eng katta muz maydonining ochilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda ko‘rgazma majmuasi matbuot xizmati.

Moskva aholisi va mehmonlari uchun mavsum ochilishi munosabati bilan muz ustida teatr yurishlari, sirk chiqishlari va immersiv spektakllar bilan boy dastur tayyorlangani ma’lum qilindi. Muhojirlar ham Moskvaning “ВДНХ”dagi muz maydonida ko‘p dam oladi.

Matbuot xizmatiga ko‘ra, bu mavsumda Moskvadagi bosh muz maydonida bir vaqtning o‘zida 4,8 ming kishi muz ustida uchish imkoniga ega bo‘ladi. Muz maydonining maydoni 20 ming kvadrat metrdan ko‘proqni tashkil etadi.

Xabarga ko‘ra, “ВДНХ” muz maydoni ish kunlari soat 11:00 dan 23:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari esa soat 10:00 dan 23:00 ga qadar ishlaydi. Dushanba – texnik kun, ya’ni dam olish kunlari, deb xabar bermoqda matbuot xizmati.

Sizga “ВДНХ” muz maydoni yoqadimi?

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya