Moskva shahar meri Sergey Sobyanin 2025-yilda Moskvada migrantlar uchun patentlar 8,9 ming rublni tashkil qiladi, bu hozirgi narxdan deyarli 1,5 ming rublga yuqori bo‘lishini ma’lum qildi.
TASS muxbirlari bilan suhbatda merning taʼkidlashicha, poytaxt hokimiyati “migrantlar Rossiya fuqarolari to‘laydigan soliqlarga mos pul toʻlashini” taʼminlashga harakat qilmoqda.
“Fuqarolarimizning har oylik daromad soligʻi oʻtkazmalaridan kelib chiqib, ularni ushbu toifadagi ishchilar bilan solishtiramiz. Odatda, bular past malakali odamlardir”, — dedi Sobyanin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Moskvada patent narxi 7,5 ming rublni tashkil etadi, kelasi yilning 1 yanvaridan esa u 8,9 ming rublgacha ko‘tariladi.
Bu chora xorijliklar va rossiyaliklar uchun ish beruvchilarning xarajatlarini tenglashtirish imkonini berishini tushuntirgan hokim, mexanizm ancha oldin yaratilganini ta’kidlab, bu ish beruvchilar uchun migrantlar Rossiya fuqarolaridan ko‘ra kam xarajat bo‘lmasligi uchunligini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda poytaxtda 450 mingga yaqin berilgan va mehnat patentlari soni sezilarli darajada oshgani yo’q.