Maqola

921 28/01/2025

Bu haqda Moskvaning O‘zbekiston milliy-madaniy avtonomiyasi o‘zining rasmiy telegram kanalida xabar berdi. Eslatib o‘tamiz, 2022-yil iyulidan boshlab ushbu lavozimni huquqshunos va huquq himoyachisi Bahrom Ismoilov egallab kelayotgan edi. Rahbarlik davrida Ismoilov o‘znet va runetda bir nechta mojaro va janjallar figurantiga aylangan.

Shunday mojarolardan biri — bu Kursk aholisiga ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami bo‘lib, u o‘zbek tilidagi segmentda Rossiya askarlariga yordam ko‘rsatish sifatida talqin qilingan edi. Bundan tashqari, o‘zbekistonlik faollar Bahrom Ismoilovni ijtimoiy tarmoqlardagi ba’zi postlari va bayonotlari uchun ko‘p tanqid qilib borishgan. Tanqidga olingan chiqishlarida Bahrom Ismoilov muhojirlarni Rossiya Qurolli Kuchlariga yollanishga targ‘ib qilishda ayblangan. Ammo Ismoilov Migrant.uz vakili bilan suhbatda ayblovlarni rad etib, tanqidlarga javoban faqat madaniy hamkorlikni rivojlantirish va Rossiyada fuqarolik jamiyatini shakllantirish, shuningdek, Rossiyada ko‘p millatli jamoa tarkibidagi o‘zbeklar pozitsiyalarini mustahkamlash yo‘lida faoliyat olib borishini ta’kidlagan.

Bahrom Ismoilovning rasmiy telegram kanalida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, huquqshunos tashkilotning Nazorat kengashi tarkibida qoladi. Asosiy e’tiborini esa Rossiya-O‘zbekiston harbiy-tarixiy jamiyatining loyihalariga qaratadi.

Moskvadagi o‘zbeklar diasporasining yangi rahbari etib, Ro‘ziboyev Soip Dehqonovich saylangan. U 1970-yil 26-yanvarda O‘zbekistonning Navoiy shahrida tug‘ilgan. 1990-yilda majburiy harbiy xizmatdan so‘ng Sovet Ittifoqining ichki qo‘shinlariga qarashli Novosibirsk yuqori harbiy komandirlik maktabiga o‘qishga kirgan, Shimoliy Kavkazdagi jangovar harbiy harakatlarda qatnashgan. Turmush qurgan, to‘rt nafar farzandning otasi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya