Maqola

340 15/01/2025

Politsiya Rosgvardiya bilan birgalikda o‘nlab muhojirlarni hibsga oldi, deb yozadi “Baza” telegram kanali.

Muhojirlar avtozaklarga o‘tkazilib, hujjatlarni tekshirish uchun politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Migrantlar ushbu reydning videolarini tojikzabon Parviz TV kanaliga ham yuborgan. Videoda bir tarafdan boshqa tarafga yugurayotgan muhojirlar, vaziyatni “ОМОН” bosdi deb izohlayotgan ayolni ko‘rish mumkin.

Migrant.uz «Принц Плаза» savdo markazida ishlayotgan ikki migrant bilan suhbatlashdi. Tahririyat bilan suhbatda muhojir ayol hamma, jumladan o‘zi ham tekshirilganini aytib berdi. Ayol o‘zining hujjatlari joyida bo‘lgani uchun uni tegishmaganini va hech qayerga olib ketishmaganini so‘zladi. Suhbatdoshimizning kuzatishlariga ko‘ra, hujjatlari tartibda bo‘lgan barcha migrantlar o‘z ish joylarida qolishgan, ularni hech kim hech qayerga olib ketmagan. Politsiya bo‘limiga faqat patentisiz ishlayotganlar olib ketilgan.

Migrant.uz bilan suhbatlashgan boshqa bir muhojir undan odatdagi hujjatlar to‘plamiga qo‘shimcha ravishda «yashil kartani» ko‘rsatish talab qilinganini so‘zlab berdi. So‘ralgan kartani ko‘rsatgach, suhbatdoshimizga barcha hujjatlari qaytarib berilgan va hech qayerga olib ketilmagan. Suhbatdoshimiz hatto xarid uchun kelgan muhojirlarga o‘xshab ketadigan mijozlardan ham tekshiruv vaqti hujjat so‘ralganini aytib berdi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya