121 14/03/2024

Moskvalik ayol oxirgi paytlarda ko‘pchilik Rossiya fuqarolari ayblanayotgan modda bilan jazoga tortildi. Bunga u ko‘tarib yurgan sumka sabab bo‘ldi.

Moskva shahrining Simonovskiy sudi Mariya Viroves ismli fuqaroga “armiyani obro‘sizlantirish” moddasi bo‘yicha 30 ming rubl jarima soldi. Bunga Mariyaning sumkasiga tikilgan ko‘k va sariq rangli gul sabab bo‘lgan.

Sud qarorida gul “Ukraina bayrog‘ining ranglaridan iborat ekani” iddao qilinib, Mariya Viroves sumkasidagi gul orqali “Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasiga negativ munosabatini namoyish qilgani” bayon etilgan.

“Uning xatti-harakatlari aynan ommaviy namoyish belgilariga ega bo‘lgan va Moskva metrosidagi yo‘lovchilarga qaratilgan”, deyiladi sud qarorida.

Kiyimlarni saralab, Ukraina bayrog‘idagi ranglarga yaqinlaridan qutilish vaqti kelganga o‘xshaydi. Nima deysiz?

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация