Bu haqida ТАСС o‘z muxbirlariga tayanib xabar bermoqda. “Yomon havo tufayli buyurtmalar mashinalar sonidan bir necha barobar ko‘p” deb yozmoqda “Яндекс Такси” ilovasi.
“Ситимобил” ilovasida esa mijozlarga taklif odatdagidan ancha balandligi xabar berilmoqda. Haydovchilarni ishga jalb qilish va mijozga mashina tez yetkazilishi uchun buyurtmalarga narxlar oshirilgan.
“Meтео” markazining ma’lumotlariga qaraganda butun hafta davomida Moskvada kuchli yomg‘irlar bo‘lishi kutilmoqda.
Ta’kidlash joizki, muhojirlarga ta’qib boshlanganidan buyon taksi narxlari har qanday havodagi o‘zgarish tufayli qimmatlab bormoqda. Avval bunday holatlar kam kuzatilar edi. Muhojirlar “Krokus Siti Xoll”dagi teraktdan so‘ng ko‘p siquvga olina boshadi. Natijada nafaqat taksi, balki boshqa sohalarda ham xizmatlar narxlari keskin oshib, ishchi kuchi yetishmasligi kuzatilmoqda.