Maqola

311 25/12/2025

Moskva politsiyasi navbatdagi reydini odamlar va turli xil transport transport vositalari to’planadigan Novoyasenevskaya avtobus bekatida o’tkazdi. Reydga internetda mazkur avtovokzalda qonun buzilishi, jumladan, xorijiy fuqarolar tomonidan sodir etilayotgan holatlar haqidagi xabarlar sabab bo‘ldi.

Tekshiruvlar Moskva va Moskva viloyati Ichki ishlar vazirligi va Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o’tkazildi. Ular migratsiya qonunlari, yo’l harakati qoidalari va jamoat tartibini buzish holatlarini aniqlash uchun odamlarning hujjatlari va transport vositalarini tekshirdilar.

Reydlar davomida 1613 nafar shaxs va 211 ta transport vositasi tekshirildi. 267 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, ulardan uch kishi migratsiya qonunlarini, 254 nafari yo’l harakati qoidalarini va 10 nafari jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini buzgan.

Ichki ishlar vazirligi ushbu avtovokzalda bunday tekshiruvlar muntazam ravishda o’tkazilishini va Migratsiya xizmatining doimiy nazorati ostida ekanligini ma’lum qildi.

 

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya