Maqola

1 012 28/05/2026

Davlat dumasi Rossiyaga kelayotgan xorijliklar uchun tibbiy koʻrik – «medosmotr»dan oʻtish qoidalarini kuchaytiruvchi yangi tuzatishlarni ikkinchi va uchinchi oʻqishda qabul qildi.

Ushbu qonun loyihasini 427 nafar deputatdan iborat guruh 2026-yil yanvarida koʻrib chiqish uchun kiritgan edi. Yangi qoidalarga koʻra, majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtish muddati 90 kundan 30 kungacha qisqartiriladi. Bu oʻzgarish barcha toifadagi keluvchilarga, shu jumladan mehnat migrantlari, YeAES mamlakatlari fuqarolari, qochqinlar va boshqa xorijiy fuqarolarga daxl qiladi.

Agar siz Rossiyada uzoq vaqt qolishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, har yili bunday tibbiy tekshiruvdan oʻtishingizga toʻgʻri keladi. Xorijliklar koʻrik uchun toʻlovni mustaqil ravishda yoki oʻz ish beruvchisi hisobidan amalga oshirishlari kerak. Oʻzgarishlar 1-sentyabrdan boshlab kuchga kiradi.

Tibbiy koʻrikdan oʻtishdan bosh tortish yoki boʻyin tovlash uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi. Buning uchun Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks yangi 18.11-1 moddasi bilan toʻldiriladi. Unda 25 ming rubldan 50 ming rublgacha miqdorda jarima va mamlakatdan chiqarib yuborish koʻzda tutiladi.

Barcha klinika va shifoxonalar koʻrik natijalarini sogʻliqni saqlashning yagona axborot tizimiga kiritishlari shart. Agar chet el fuqarosida xavfli kasalliklar aniqlansa yoki giyohvand moddalar iste’mol qilgani tasdiqlansa, tibbiyot tashkiloti bu haqda 24 soat ichida MVD yoki Rospotrebnadzorga xabar berishi kerak. Shundan soʻng, ushbu idoralar shaxsni Rossiyadan chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Shuningdek, tibbiyot tashkilotlariga koʻrikdan oʻtkazish huquqini uchinchi shaxslarga berish qat’iyan taqiqlanadi.

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya